"Liverpul" "Betis" futbolchisiga qiziqmoqda
03 avg 2021 15:10
Yangiliklar
"Liverpul" "Betis" futbolchisiga qiziqmoqda
Sevilyaning "Betis" klubi tayanch yarim himoyachisi Gvido Rodriges faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
Futbolchining ispan klubi bilan imzolagan shartnomasida tovon puli 80 million evro etib belgilangan.
Ammo, klub o'yinchining tovon narxini 30 million evroga qadar tushirishga tayyor.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar