So’nggi yangiliklar

19:35"Барселона" дарвозабони операция қилинди  0 19:16МЮ Аморим қўл остида жуда ёмон натижалар қайд этмоқда  5 19:00Суперлига. "Навбаҳор" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  6 18:59Расман: "Вест Хэм"нинг янги бош мураббийи эълон қилинди  2 18:28АПЛ. Фернандеш пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Манчестер Юнайтед" мағлуб бўлди  43 18:13ЛаЛига. "Атлетико" - "Реал". Мадрид дербисини кимлар асосий таркибда бошлайди?  4 17:57АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ҳамда "Челси"нинг асосий таркиблари маълум!  5 17:52Усмон Дембеле: "Барселона"да кўп жароҳат олардим. Ҳозир танам профессионаллашди"  0 17:24Шешко "Юнайтед"даги дебют голини урди  1 17:14"Навбаҳор" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  2 16:45"Андижон" ўз уйида ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:21"Ливерпуль" ва "Манчестер Сити" "Бавария" юлдузи учун 100 млн фунт сарфлашга тайёр  6 15:41"Вест Хэм" Поттерни 6 ўйиндаги 5 мағлубиятдан сўнг ишдан бўшатди  0 14:58Йилнинг энг яхши мураббийини аниқлашда ўзбекистонлик журналист кимларга овоз берди?  2 14:27"Навбаҳор" клубини вақтинчалик ким бошқариши маълум бўлди  10

"Liverpul" 30 yil deganda chempion bo'ldi. CHempionlikni uzoq yillardan buyon kutayotgan boshqa klublar haqida Yangiliklar

"Liverpul" 30 yil deganda chempion bo'ldi. CHempionlikni uzoq yillardan buyon kutayotgan boshqa klublar haqida

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev qiziqarli malumot bilan o'rtoqlashdi.

Telegramdagi "Vecherniy Durnovo" kanali qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Siz yashayotgan asrda uzoq vaqtdan beri sodir bo'lmagan voqea yuz bersa, bu sizni juda xursand qiladi. Masalan, o'z ko'zingiz bilan osmonda Galley kometasini ko'rsangiz yoki shunga o'xshash ajablanarli holatga guvoh bo'lsangiz.

Muxlislar "Liverpul"ning Angliyadagi g'alabasini o'ttiz yil kutishdi. Bu oxirgi marta sodir bo'lganida, hatto APL mavjud emasdi. Mana, biz asrimizda nimalarga guvoh bo'lyapmiz. 

- Moskvaning "Dinamo" klubi chempionligi. So'nggi marta 1976 yilda, bir davrali (rahmat senga, sovet futboli) chempionatda kuzatilgan. 1963 yildan beri to'liq o'tkazilmagan. Endi o'zingiz hisoblab oling. 44 yil yoki 57 yil.

- "Everton" chempionligi. SHuni unutmaslik kerakki, "irislar"ning muxlislari juda ko'p, shu jumladan Angliyadan tashqarida ham. "Everton" oxirgi chempionligiga 1987 yilda erishgan. "Liverpul"dan kamida to'rt yil ko'proq kutgan.

- "Atletik" (Bilbao) chempionligi. Oxirgi marta 1984 yilda ro'y bergan. Jami - 36 yil.

- "Sent-Eten" chempionligi. "Sent-Eten" Franciyaning eng nufuzli klubi bo'lib qolmoqda. Na PSJ, na "Marsel", na "Lion", na "Monako" o'nta titulga ega emas. "Sent-Eten"ning so'nggi chempionligi 1981 yilda amalga oshgan. Kelgusi yilda qirq yilligini nishonlaymiz.

- "Torino" chempionligi. "Buqalar" ettita skudettoga ega va ularning o'z vatanlarida tutgan o'rni katta. Leonardo Bonuchchining o'g'li "Torino" uchun to'p tepayotganini aytish kifoya, chunki bu klub uning sinfdoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. "Buqalar" skudettoni oxirgi marta 1976 yilda qo'lga kiritishgan.

- "Nyurnberg" chempionligi. Sovrinlarga ko'ra faqatgina "Bavariya" "Nyurnberg"dan oldinda turadi, "Dortmund" ham hali etolmagan. "Nyurnberg" oxirgi marta 1968 yilda chempion bo'lgan.

- "Tottenxem" chempionligi. So'nggi bor 1961 yilda kuzatilgan. Keyingi yil voqeaga 60 yil to'ladi.

- "SHalke" chempionligi. "Ko'klar" hech qachon g'olib bo'lishmagan, degan gaplar shunchaki afsona. Ular etti marta yutuqqa erishganlar. Biroq 1958 yildan keyin ancha vaqt o'tdi – naq 62 yil.

- "Jenoa" chempionligi. Siz kulasiz, ammo A Seriyadan chiqib ketish arafasida turgan bu bechora jamoa Italiya chempionatida "Lacio", "Roma" va "Napoli"ning chempionligini birlashtirganimizdan ham ko'ra ko'proq g'alabalarga ega. "Jenoa" - to'qqiz karra chempion. To'g'ri, yubiley titulni kutish ancha uzoqqa cho'zildi va yaqin orada asr o'zgaradi. "Jenoa"ning oxirgi chempionligi 1924 yilga to'g'ri keladi.


Alisher Nikimbaev esa ushbu qiziqarli malumotlarga o'zbek futbolidan ham bir faktni qo'shib o'tdi:

"O'zimdan qo'shimcha qilib o'tsam, "Navbahor" 24 yildan beri chempionlikni kutmoqda"

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика