“Liverpul” 2006 yildan beri ilk bor ECHL o'yinida darvozaga biror marta zarba bera olmadi
04 okt 2018 08:25
Yangiliklar
“Liverpul” 2006 yildan beri ilk bor ECHL o'yinida darvozaga biror marta zarba bera olmadi
Kecha ECHL 2-turi doirasida “Liverpul” jamoasi “Napoli”ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida yutqazdi.
O'yindagi yagona gol 90-daqiqada Lorenco Insine tomonidan kiritildi. Qizig'i, Yurgen Klopp shogirdlari mazkur o'yinda raqib darvozasiga biror marta ham zarba bera olmadi. Bunday holat klub tarixida 2006 yildan beri ilk marta sodir bo'ldi. Klub so'nggi bor 2006 yilda “Benfika”ga (0:1) qarshi bahsda biror marta ham zarba bera olmagandi. SHuningdek, jamoa bu mavsumda ilk marta gol ura olmadi.
Fikrlar