“Liverpul“ 20 yoshli futbolchiga 60 million funt berishga tayyor
17 may 09:28
Yangiliklar


“Liverpul“ 20 yoshli futbolchiga 60 million funt berishga tayyor
“Liverpul“ yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni reja qilgan.
Slot jamoasi “Kristal Pelas“ning 20 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonga rasmiy taklif bilan chiqishni maqsad qilgan. London jamoasi futbolchisini 60 million funtga sotishga tayyor. Shuningdek, Uortonga “Chelsi“ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum yarim himoyachi 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta golli uzatma bor. Adamning “Kristal Pelas“ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 35 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar