Xitoy. "Guanjou Evergrand" muhim bahsda "SHanxay SIPG"ni mag'lubiyatga uchratdi
23 noy 2019 18:30
Yangiliklar


Xitoy. "Guanjou Evergrand" muhim bahsda "SHanxay SIPG"ni mag'lubiyatga uchratdi
Guangzhou FC Anderson Talisca - 44', Anderson Talisca - 90' |
Super League . 28-tur 23/11/2019, 16:35 0
:
2
Tugadi
|
Shanghai Port |
Stadion: Tianhe Stadium, 49973 tomoshabin
Bosh hakam: Viktor Kassai
Xitoy Superligasi turnir jadvali bilan tanishing
UCHRASHUV YAKUNLANDI! 2:0
90+5. 11 metrlik jarima zarbasi qarshisida Taliska. Hujumchi hisobni 2:0ga etkazdi.
90. Taliska qarshi hujumga o'tdi, ammo u mehmon jamoa jarima maydoni ichida yiqildi. Bahs to'xtatilgani yo'q, hakam qoida buzilmadi deb hisobladi. VARga murojaat qilgan referi penalti belgiladi.
89. ZARBAAAA! "Guanjou" futbolchilari qarshi hujumga o'tishdi va Taliska ajoyib uzatma bilan jamoadoshini zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqardi. Biroq zarba ko'ngildagidek bo'lmadi va hisob hozirgi ko'rinishini saqlab qoldi.
86. GOL! Taliska hisobni 2:0ga etkazdi, ammo... Yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat bo'lganini ko'rsatdi.
83. Mehmon jamoa raqib jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirdi, ammo to'pga Arnautovichdan oldin "Guanjou" darvozaboni chiqib, xavfni bartaraf etdi.
80. Taliska raqib jarima maydonchasi ichidan aniq zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Posbon yana seyv ijro etdi.
77. Follar soni borgan sari oshib bormoqda. Ikkala jamoa futbolchilari bir-birini ayashmayapti.
75. Maydonda yana janjal. Arnautovich raqib darvozaboni bilan munosabatlariga oydinlik kiritmoqda. Mojaro ishtirokchilari sariq kartochka bilan jazolandi.
74. "SHanxay SIPG" hujumlar sonini ko'paytirdi, biroq zarbalar aniq emas.
67. Paulino jarima zarbasini o'zi ijro etdi. Zarbadan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.
66. SHanxayliklar jarima maydonchasi yaqinida Paulinoga nisbatan qoida buzildi. Xavfli standart...
62. "Guanjou Evergrand"dan navbatdagi golga tortuvchi hujum, ammo yana Junling Yan jamoasini qutqardi.
60. Xalk uzoq masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba noaniq.
57. Arnautovichning pasidan so'ng SHenglong Li burchak zarbasi ishlab oldi, ammo standartdan hech qanday foyda chiqmadi.
52. SHoshilmang! Hakam VARga murojaat qilmoqda... Gol bo'lishidan avval Xalkga nisbatan qoida buzilgan ekan. Hakam o'yinni fol bo'lgan joydan o'yinni davom ettirdi. GOL HISOBGA OLINMADI!
51. GOL! Paulino jamoadoshining uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir chiqdi va darvozani ishg'ol qildi.
50. SHanxayliklar to'p ketidan quvib yurishipti. Ular to'pni o'zida saqlab tura olishmayapti.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Odil Ahmedov o'rniga Arnautovich maydonga tushdi.
- Jamoalar maydonga qaytishdi.
TANAFFUS
45+1. "Guanjou" navbatdagi o'ta xavfli hujumni amalga oshirdi. Ammo so'nggi zarba noaniq chiqdi.
45. Maydon markazida Odil Ahmedovga nisbatan qoida buzildi.
44. GOL! Paulino va Taliska juftligi hisobni ochdi. Paulino markazda to'pni olib qo'ydi va tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tdi. Braziliyalik o'ngroqdagi jamoadoshiga to'pni uzatdi. Taliska esa osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi. 1:0
41. Taliska raqib darvozasiga zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi va hujum yo'qqa chiqdi.
40. Paulino raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi.
39. Mezbonlarning burchak zarbasi xavfli chiqdi, ammo to'p darvoza tomonga bormayapti.
37. Zarbaaa! Xalk uzatmasidan so'ng Li "Guanjou" darvozasiga zarba berdi. To'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.
35. Mezbonlarning "hujumlar yomg'iri" to'xtamayapti. Bu safar Taliska hujumni yakunladi. Ammo u bergan zarbadan so'ng, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
33. So'nggi 5 daqiqa ichida "Guanjou" bir nechta hujum amalga oshirdi, ammo ularni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchi topilmayapti.
31. ZARBAAA! Paulino himoyada xato qilgan shanxayliklarni jazolashi mumkin edi, ammo Junlin Yan jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
29. "SHanxay SIPG" futbolchilari hujumga o'tishda qiynalishmoqda. O'yinchilar paslarda bir-birini yaxshi tushunishmayapti.
25. Odil Ahmedovga nisabatan qoida buzildi va Ahmedov hakamga murojaat qildi. Biroq referi hech qanday reakciya bildirmadi. O'sha vaziyatda Paulino hujumga o'tdi va darvoza tomon aniq zarba berdi. Posbon seyv ijro etib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
23. Maydon markazida Oskar yiqitildi. Jamoalar maydonning har bir qarichi uchun jon-jahti bilan kurashishmoqda.
21. Taliska zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
20. Endi Oskar o'z jarima maydonchasi oldida fol ishlatdi. To'p qarshisida Taliska.
18. "SHanxay SIPG" futbolchisi to'p maydonni tark etayotganiga qaramay Taliskani "o'rdi" va qilgan ishiga yarasha jazosini oldi. Sariq kartochka.
16. Jarima zarbasidan tepilgan to'p jonli devorda turgan shanxayliklarga tegib, maydonni tark etdi. Posbon erkin zarbani ijro etadi.
15. Xalkga nisbatan navbatdagi fol. Bu safar Taliska o'z jarima maydonchasi oldidan fol ishlatdi.
14. Bahsning dastlabki 15 daqiqasi o'tib ulgurmasdan hakam sariq kartochka ko'rsatdi. 33-raqamdagi futbolchi Xalkning qarshi hujumga o'tishini qo'pollik bilan to'xtatdi.
12. Mezbonlar qanotdan hujumga o'tishdi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.
8. Burchakdan uzatilgan ikkinchi to'p zarba bilan yakun topdi, ammo biroz noaniq.
7. Oskar to'pni burchakdan o'yinga kiritdi, Dastlabki standartni himoyachilar bartaraf etishdi.
2. Xalk maydon markazidagi to'p uchun kurashda qoida buzdi va hakam xushtagini chaldi.
1. Uchrashuv boshlandi!
"Guanchjou Evergrand": Lyu Dyanczo, Jan, Linpen, Mey Fan, Pak, Jun, Jan Syuvey, Jen Ji, Yan Liyuy, Vey SHixao, Paulino, Taliska
Zaxira: Czen CHen, Syuy Sin, Xuan Boven, Den Xanven, Vu SHaokong, Gao Lin, Fen Bosyuan
Bosh murabbiy: F. Kannavaro
"SHanxay SIPG": Yan Czyunlin, Yuy Xay, SHi Ke, Xe Guan, Van SHenchao, Oskar, Cay Xueykan, Odil Ahmedov, Lyuy Venczyun, Xalk, Li SHenlun
Zaxira: Sun Le, Jan, Vey, Marko Arnautovich, Vey Jen, Lin CHuani, Fu Xuan, CHen Binbin
Bosh murabbiy: V. Pereyra
O’xshash yangiliklar

Fikrlar