OCHL 2 karra g'olibi va 8 karra Xitoy chempioni quyi divizionga tushib ketdi
28 dek 2022 09:35
Yangiliklar
OCHL 2 karra g'olibi va 8 karra Xitoy chempioni quyi divizionga tushib ketdi
Xitoy chempionati 33-turida “Guanchjou” o'z maydonida “CHanchun Yatay”ga yirik (1:4) hisobda imkoniyatni boy berdi.
Jamoa oxirgi tur oldidan quyi divizionga tushib ketishi malum bo'ldi. “Xitoylik sherlar” 17 ochko bilan 17-o'rinda turgandi.
Eski nomi “Guanchjou Evergrand” bo'lgan klub 2011-2017 yillar hamda 2019 yilda umumiy 8 marta Xitoy Superligasi g'olibligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, mazkur jamoa 2013 va 2015 yillarda Osiyo CHempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozongandi.
Jamoa tarkibida o'z vaqtida Paulíno, Robino, Rikardo Gulart, Alessandro Dyamanti, Alberto Jilardino, Lukas Barrios, Jekson Martines kabi ko'pchilikka tanish futbolchilar harakat qilgan.
Fikrlar