Livan bosh murabbiyi: "Anzur Ismoilov jiddiy jarohat olmadi deb umid qilaman"
15 noy 2018 18:32
Yangiliklar
Livan bosh murabbiyi: "Anzur Ismoilov jiddiy jarohat olmadi deb umid qilaman"
"Ajoyib o'yin bo'ldi. Bugun o'rtoqlik emas, balki saralash bahsiga o'xshash edi. Juda ko'p vaziyatlar, juda ko'p kurashlar, raqib darvozabonining seyvlari. Natija o'yinga mos bo'ldi, faqatgina gol etishmadi.
O'zbekiston hurmatga loyiq jamoa. Ektor Kuper taktik jihatdan kuchli murabbiy. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ko'p. Kozak, Krimec, Sidiqov kabi futbolchilarni ajoyib kelajak kutmoqda. Anzur Ismoilov himoya etakchisi. Bugungi o'yinda Ismoilov jiddiy jarohat olmadi deb umid qilaman. Osiyo Kubogida O'zbekistonga omad tilayman.
O'zbekiston terma jamoasiga ajoyib o'yin uchun rahmat aytaman. Ushbu yurtdagi barcha do'stlarimga salom yo'llayman.
Bugun bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. SHu bois natija biz uchun qoniqarli. O'zbekiston bungacha Qatar va KXDRni mag'lub etganini bilaman. Bu juda yaxshi natija", - deydi Radulovich championat.asia saytiga.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar