So’nggi yangiliklar

22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  3 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  1 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  3 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  1 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  10 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   2 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  3 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  4 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  20

Lionel Messining yurtiga sayohat Yangiliklar

Lionel Messining yurtiga sayohat

Messi sharoiti og'ir stadionda futbol o'ynagan. Avvaliga, uning to'pi ham yo'q edi. U plastik butilka va paypoqdan to'p yasagan va futbol o'ynagan.

Reklamaga suratga tushish uchun “Barselona” etakchilari o'zlari o'ynagan birinchi stadionni yodga oldilar.  Pike La Masiya — “Barselona” bazasi yonida mashinalar turar joyi suratini ushlab turgani, Rakitich — Melinadagi ideal maydonda 18ta gol urishga muvaffaq bo'lganini (o'shanda uning jamoasi 25:0 hisob bilan g'alaba qozongan) eslashdi. Turan Istambul maktabi yonidagi stadionni ko'rsatgan bo'lsa, Ter SHtegen chiroyli stadion, atrofida ikki qavatli uylar tasvirlangan rasm bilan ko'pchilikning etiborini tortdi. Faqat Messining qo'lidagi suratda yashil rangning o'zi yo'q edi — Argentina bayrog'i va gazonsiz stadion.

“Men ilk bor bu erga 3 yoshimda kelganman”, — deydi Leo. U 5 yoshida bolalar jamoasi “Grandoli”da to'p tepishni boshlagan. Unga qadar akalari boradigan klub mashg'ulotlariga qatnab yurgan. “Ko'rib turganingizdek, maydonda bitta ham o't yo'q. Hamma joy loy, toshlar ham ko'p edi. Maslahat berishni yoqtirmayman, biroq futbolni boricha yaxshi ko'rishlarini istardim. G'alabani ham, mag'lubiyatni ham birdek qabul qilib, o'yindan zavqlanishlarini xohlayman.

2018 yil noyabrda jurnalist va futbol yulduzlari haqida biograf yozadigan Gilem Balage Messining biografiyasini yozdi va unga shunday dedi: “Stokda yomg'irli va sovuq kechada o'ynaganingizni muxlislar tomosha qilishgan. Lekin angliyaliklarning aytishiga qaraganda, o'shanda LaLigadagi kabi yaxshi o'ynay olmagan ekansiz. Bunga nima deysiz?”. U bunga shunday javob berdi: “Men Rosarioda qanday maydonda o'ynaganimni ular hali ko'rishmagan-da... Hattoki, o'sha erda ham yaxshi o'ynay olardim”.

Messi o'z yurtida unchalik mashhur emas. CHe Gevara va Maradona unga qaraganda taniqliroq

Rosario — Parana qirg'oqlari bo'yida joylashgan bo'lib, kattaligi bo'yicha Argentina shaharlari orasida uchinchi o'rinda turadi. U mamlakatning qishloq xo'jaligi markazi hisoblanadi. Bu shaharda jahonga mashhur insonlar tug'ilgan — CHe Gevara va Messi. SHaharga kiraverishingizda “Rosario Sentral”ning graffitiga ko'zingiz tushadi. “Nyuells Old Boyz” muxlislari esa er osti yo'li devorlariga rasm chizishadi. Biroq shahardagi Messini yodga soladigan narasalar kam.

“Rosarioda har yo'lingizda futbolni his qilasiz, lekin Messini ko'rmaysiz. SHaharda nafaqat uning rasmi, balki u suratga tushgan reklamalar ham deyarli yo'q”, — deb yozadi Balage, Lionel Messi haqidagi biografiyada. Ammo CHe Gevara unga qaraganda ko'proq ko'zga tashlanadi: uning portreti aks etgan futbolka, brelok, yodgorlik, haykal va hokazolar bor.

Krishtianuning Madeyrada aeroporti, Pelening Santosda muzeyi, hattoki, badiiy to'qima asosida tasvirga olingan film qahramoni — bokser Rokki Balboaning Filadelfiyada haykali o'rnatilgan. Biroq Messining o'z yurtida na muzeyi, na suratlari bor: faqat graffitlar va 2016 yil o'rnatilgan Buenos-Ayresdagi yodgorlik. Leo termadagi faoliyatini yakunlamoqchi bo'lib yurgan paytlarda o'sha yodgorlik o'rnatilgandi.

Messining ota-onasi istiqomat qiladigan uydan uncha uzoq bo'lmagan joyda Leo qo'lida o'g'li bilan tabassum qilgan holda tasvirlangan. Rasm yonida esa “Lionel, shahring seni kutyapti, chempion!” yozuvi bor. Braziliya Jahon CHempionatidan oldin gaz stanciyasi devoriga shunday yozib qo'yishgandi. “Leo har kuni shu erdan buvisining qo'lidan ushlab, to'p tepgan holda mashg'ulotlarga qatnardi”, — deya yodga oldi mahalliy aholi vakillari.

O'tgan yili Leo bolalikdagi sevgilisi Antonelle Rokuccoga uylandi. To'yga to'yona deganlaridek, futbolchining qo'shni va do'stlari bolalikdagi stadion hamda maktab devorlariga Messiga atab graffitlar chizishdi. Leo u erga oxirgi marotaba 18 yoshida — “Barselona” futbol akademiyasidan asosiy jamoaga o'tgan payti borgan edi. U erda sinfdoshlari, maktab o'quvchilari va muxlislari bilan suratga tushgan. O'sha payt ham, hozir ham “Kamp Nou”dagidek unga etibor qaratishmaydi. O'qituvchilar Argentina ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida, Leo bilan faxrlanishlarini aytishgan. Lekin so'zlari oxirida, u baribir oddiy bitiruvchisi bo'lib qolishini takidlashgan.

Jurnalist Rosario aholisi va mundial payti Argentinaning TuS Sports kanalida ishlab malumotlar to'plagan. Bu malumotlarni jamlab, argentinaliklar Rosarioda nima uchun Messining kultini o'rnatishmaganini 4ta sabab orqali tushuntirishga harakat qilgan:

Birinchidan, ular braziliyaliklar kabi tasirchan emas. Futbol va o'yinchiga bo'lgan muhabbatlarini qalbida saqlashadi. Yani buni qo'shiq, raqs va plakatlar orqali namoyish etmaydilar.

Ikkinchidan, shaharning kuchli derbisi bor: “Rosario Sentral” — “Nyuells Old Boyz”.

Uchinchidan, Leo yurtiga Jahon CHempionati Kubogini olib kelishga muvaffaq bo'la olmagan. SHuningdek, Argentina chempionatining birorta o'yinlarida ham ishtirok etmaydi.

To'rtinchidan, Messi ham, oilasi ham kamtarin. SHuning uchun, uning buyukligi haqida faoliyatini yakunlaganidan so'ng gapirish maqul deb hisoblashadi.

Messi sharoiti og'ir stadionda butilka va paypoqdan to'p yasab, futbol o'ynagan

Messi dunyoga kelishidan ikki hafta avval 1987 yil 24 iyun kuni “Rosario” Argentina chempioni bo'lgan. Klub o'sha yili endigina birinchi divizionga qaytgandi. O'shanda Xorxe (Leoning otasi) va “Nyuells” muxlislari uchun bundan yomon xabar bo'lmagan edi. O'sha vaqtlarda bolalar qashshoqlikda futbol o'ynashardi. Lekin bu o'yin ularga xursandchilik ulashardi. Avvaliga, Messining to'pi ham yo'q edi. U plastik butilka va paypoqdan to'p yasagan. Bu haqida uning akalari Rodrigo va Matias aytib bergan. Akalari o'shanda “Grandoli”da to'p tepishardi.

Messi akalarining mashg'ulotiga borardi. Toshli tribunalarda to'p o'ynardi. Bir kuni murabbiy Salvador Aparisio uning iqtidorini payqab, shunday dedi: “To'g'ri, u juda kichkina. Lekin u jamoamda o'ynashini istayman”. Bu fikr Leoning onasiga yoqmay, rozi bo'lmadi. Ammo buvisi bunga qarshilik qilmadi va “Mayli, biz rozimiz”, — dedi. SHundan so'ng, Leo jamoada to'p tepa boshladi.

“To'p u tomon birinchi marta kelganida qimirlagani ham yo'q, — dedi Aparisio. — Keyingi safar chap oyog'i bilan to'pga egalik qilib, butun maydon bo'ylab yugurdi va hammani aldab o'tdi. Men o'sha onda zarba berishini aytib baqirdim. Ammo u juda kichkina va hattoki, meni tushunmadi ham. O'sha kundan beri u mening jamoamda o'ynay boshladi”.

Messi 5 yoshda edi. U bolalar jamoasining har o'yinida 5-6tadan gol urardi. U “Grandoli” stadionida 9 yoshigacha o'ynadi. Keyin “Nyuells”ga o'tdi. Ularning jamoasi kuchli edi: 4 yilda 1 marotaba mag'lub bo'lishardi.

Keyinchalik o'sish gormoni etishmasligi tufayli davolanish, salfetkadagi “Barselona” bilan tuzilgan shartnoma, La Masiya, yangi do'stlar... Pike Messi bilan tanishuvini shunday yodga oladi: “Uni birinchi ko'rganimizda, juda kichkina edi. Avvaliga u bu erga adashib kelib qoldi, shekilli deb o'ylaganmiz”. “Kamp Nou”dagi avval o'n to'qqizinchi, keyin o'ninchi raqamda o'ynadi.

Messi o'ynagan birinchi stadion: gazon hamon yaxshi holatda emas. Ammo Leoning tasviri tushurilgan bayroq bor

Tribuna hali ham o'zgarmagan. CHetroqda Aparisioning surati bor. Bu yodgorlik 2008 yil Salvador o'lganidan keyin ilib qo'yilgan ekan. Stadion binosiga kiraverishda Messi va klub logotipi tushurilgan surat bor: “Grandoli” — buyuk insonning vatani”. Jamoaning bir qancha muammolari bor. Lekin klub prezidenti David Treves ular qiyin ahvolda ekani, faqat mashg'ulot uchun berilgan pul, Messi hamda uning ota-onasi berayotgan mablag' bilan kun ko'rishayotganini yashirmadi.

Rossiya Jahon CHempionatidan avval yosh futbolchi-bolalar “Grandoli” formasida Argentina termasi ko'magi bilan video suratga olishdi: o'sha maydon, chiroqlar yorug'i ostida. Klub tarbiyalanuvchilari terma jamoa o'yinchilariga maslahatlar berib, shunday deyishdi: “Tinchlaning, havotirlanmang. Agar g'alaba qozonolmasangiz ham, buning qo'rqinchli joyi yo'q. Biz doim siz bilan!”.

Video so'ngida yurt bayrog'i, Messining surati tushurilgan bannerni oldilariga qo'yishdi. Keyin Argentina termasini yaxshi ko'rishlarini aytib, qarsak chalishdi. Video oxirida esa mamlakat madhiyasini jo'r bo'lib kuylashdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика