Lionel Messi hech qachon o'z o'yinlarini ko'rmas ekan
16 sen 2018 09:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453545_original.jpg)
![](/upload/storage/453545_220.jpg)
Lionel Messi hech qachon o'z o'yinlarini ko'rmas ekan
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi AS nashriga bergan intervyusida o'z o'yinlarini televizorda qayta ko'rmasligini malum qildi.
“Men hech qachon o'z o'yinlarimni tomosha qilmayman. Bu holat, yani tashqaridan o'zimni ko'rish yoqmaydi. Hamisha kelajak sari intilib kelganman. Lekin Ispaniya La Ligasining boshqa o'yinlari, shuningdek, Argentina chempionati va Libertadores Kubogi uchrashuvlarini kuzatib boraman”, - dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, kecha oqshom “Barselona” mehmonda Luis Suares va Usmon Dembele tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Real Sosedad” klubini 2:1 hisobida mag'lub etib, 12 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib olgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
19:10
"Barsa" Uilyamsning transferi barbod bo'lsa, "Bavariya" vingeri bilan shartnoma imzolashi mumkin 4
16:58
Flik Kantening "Barsa"ga o'tishini bloklab qo'ydi. Murabbiy yosh o'yinchilarni afzal ko'radi 15
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar