Lionel Messi ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi nomini aytdi
12 sen 2023 09:12
Yangiliklar


Lionel Messi ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi nomini aytdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi.
“Menimcha, ayni vaqtdagi eng yaxshi himoyachi — Kristian Romero. U Ekvadorga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi va mening qarashlarim bo'yicha Romero o'yining eng yaxshisi bo'ldi. U menga doim oldinda o'ynashim kerakligini aytadi, chunki Romero doim raqib bilan birga bir harakat qilishni istaydi. Hujumkor futbolchilar uchun aynan shunday himoyadagi sherik lozim”,-deb fikrini yakunlagan Lionel Messi.
25 yoshli himoyachi joriy mavsum “Tottenxem” safida APL bahslarining 4 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 60 million evro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar