"Lion" prezidenti: "Mourinyuni taklif qilish moliyaviy imkoniyatlarimizga to'g'ri kelmaydi"
04 apr 2019 16:43
Yangiliklar


"Lion" prezidenti: "Mourinyuni taklif qilish moliyaviy imkoniyatlarimizga to'g'ri kelmaydi"
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olyas Joze Mourinyu uning klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
"O'tgan yozda Mourinyu bilan Moskvada uchragandim, biz biroz suhbatlashdik, ammo uning "Lion" bosh murabbiyi bo'lishi haqida emas.
Joze bizning moliyaviy imkoniyatlarga to'g'ri kelmaydi.
Loran Blan haqidagi gap-so'zlarga to'xtaladigan bo'lsak, "Lion"ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar haqida ko'p yozishadi. Bundan xursandman.
Yaqin orada boshqa murabbiylar bilan hech narsani muhokama qilmaymiz" - deydi Olyas.
O’xshash yangiliklar
14:26
Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan? 8

Fikrlar