"Lion" prezidenti: "Mourinyuni taklif qilish moliyaviy imkoniyatlarimizga to'g'ri kelmaydi"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 16:43
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olyas Joze Mourinyu uning klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.

"O'tgan yozda Mourinyu bilan Moskvada uchragandim, biz biroz suhbatlashdik, ammo uning "Lion" bosh murabbiyi bo'lishi haqida emas.

Joze bizning moliyaviy imkoniyatlarga to'g'ri kelmaydi.

Loran Blan haqidagi gap-so'zlarga to'xtaladigan bo'lsak, "Lion"ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar haqida ko'p yozishadi. Bundan xursandman.

Yaqin orada boshqa murabbiylar bilan hech narsani muhokama qilmaymiz" - deydi Olyas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com