"Lion" Paketani 65 mln evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor Yangiliklar

"Lion" Paketani 65 mln evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor

"Arsenal" "Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketaga qiziqish bildirmoqda.

Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, francuz klubi 24 yoshli braziliyalikni 65 mln evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor.

Qayd etish kerakki, "kanonirlar" buni yuqori deb hisoblashadi va shu sabab taklif berishmaydi.

Paketa o'tgan mavsum "Lion" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning francuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика