"Lion" o'z yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
07 may 2022 10:51
Yangiliklar
"Lion" o'z yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Lion" yarim himoyachi Maksans Kakere bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub 22 yoshli franciyalik futbolchi 2026 yilga qadar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Kakere - "Lion" tarbiyalanuvchisi, futbolchi 2021/22 yilgi mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, o'yinchiga "Milan" klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Transfermarkt portali francuzni 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar