"Lion" "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun niderlandiyalik hakam tayinlanishidan norozi. Nega?
14 avg 2020 13:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586795_original.jpg)
![](/upload/storage/586795_220.jpg)
"Lion" "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun niderlandiyalik hakam tayinlanishidan norozi. Nega?
"Lion" UEFAga CHempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun tayinlangan hakamni o'zgartirishni so'rab murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu chorak final o'yinini niderlandiyalik hakam Danni Makkeli boshqarishi kerak.
"Lion" Makkelining "shaharliklar"ga yon bosishidan xavfsiramoqda. Sababi "Man Siti" yarim finalga chiqadigan bo'lsa, Amsterdamning "Ayaks" klubi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agar "Lion" g'alaba qozonadigan bo'lsa, "Ayaks" pley-offdan o'tishiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Lion" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar