"Lion" Azmunni xarid qilishga yaqin
24 okt 2021 21:39
Yangiliklar
"Lion" Azmunni xarid qilishga yaqin
"Zenit" klubining eronlik hujumchisi Serdar Azmun klubini o'zgartirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, Franciyaning "Lion" jamoasi hujumchi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarning ilg'or bosqichida. Franciya klubi Azmunga 4 yillik kelishuv taklif qildi.
Avvalroq "Lion" kelayotgan qishda eronlik uchun 7-8 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Azmunning "Zenit" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar