"Lion" Azmunni xarid qilishga yaqin

Sherzod Nurmatov
24 okt 2021, 21:39
"Zenit" klubining eronlik hujumchisi Syerdar Azmun klubini o'zgartirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, Fransiyaning "Lion" jamoasi hujumchi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarning ilg'or bosqichida. Fransiya klubi Azmunga 4 yillik kelishuv taklif qildi.

Avvalroq "Lion" kelayotgan qishda eronlik uchun 7-8 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Azmunning "Zenit" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira