Lineker Keyn qaysi jamoaga o'tishini taxmin qildi
02 iyu 2021 20:25
Yangiliklar
Lineker Keyn qaysi jamoaga o'tishini taxmin qildi
Angliya TJ sobiq azosi Gari Lineker “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn kelajagi haqida gapirdi.
“Keynni “Barselona”da ko'rishni istardim, ammo ular pul bilan bo'g'liq muammolar tufayli Agueroni tanlashdi. O'ylaymanki, Xarrining taqdirini “Man Siti”, MYU va ehtimol PSJ hal qilar. Parijliklarni Maurisio Pochettino boshqaradi va Keyn u erda sovrin yutishi kafolatlangan. Biroq, nazarimda u katta ehtimol bilan Manchester klublaridan biriga o'tadi. Fikrimcha, Xarri “CHelsi”ga bormasa kerak. U “Tottenxem” muxlislarining yuziga oyoq qo'yishiga ishonmayman, yana kim biladi”, deydi Lineker.
27 yoshli forvard 2011 yildan beri londonliklar sharafini himoya qiladi. U yakunlangan mavsum APLda to'purar bo'ldi va eng yaxshi assistant nomiga ham ega chiqdi.
Fikrlar