"Lill" futbolchisi "Nyukasl" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
27 iyu 2022 23:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707030_original.jpg)
![](/upload/storage/707030_220.jpg)
"Lill" futbolchisi "Nyukasl" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
"Lill" himoyachisi Sven Botman "Nyukasl"ga o'tmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2027 yil yoziga qadar davom etadi. U yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi.
"Lill" ushbu transferdan 37 million evro ishlab oladi. O'tgan mavsumda u 25 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchini sotib olish uchun "Milan" va "Vest Xem" kabi klublar jiddiy kurashgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar