So’nggi yangiliklar

17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  0 17:01К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  1 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  18 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10

Liga 1. "Oranj Velodrom"da g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

Liga 1. "Oranj Velodrom"da g'olib nomi aniqlanmadi

Teglar :  PSJ"Marsel"Liga 1
Franciya chempionati 10-turidan o'rin olgan "Marsel" – PSJ uchrashuvi yakuniga etdi.

Franciya chempionati 

10-tur

Marsel – PSJ 0:0 

«Oranj Velodrom»

Marsel – Lopes, CHaleta-Car, Luan Peres, Saliba, Lirola, Kamara (Guye, 71), Payet, Ronje (de la Fuente, 71), Under (Jerson, 78), Genduzi, Milik (Deng, 78).

PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Di Mariya (Kerer, 61), Danilu Pereyra, Verratti (Geye, 45+4), Messi, Neymar (Veynaldum, 83), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Ronje (18), Danilu Pereyra (85), Markinos (85).

CHetlatish: Xakimi (57).


Bahs nursiz durang bilan yakunlandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+1. Payetning burchakdan oshirib bergan to'piga mehmonlar himoyachilari egalik qilishdi.

90. Ikkinchi taymga ham birinchi bo'limdagi kabi 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Dimitri Payetning jarimadan bergan aylanma zarbasi jonli devorga tegdi. 

85. Markinos davomiy etirozlar uchun ogohlanitirish oldi. 

85. Danilu Pereyra to'pni qo'li bilan o'ynagani bois ogohlantirildi.

83. PSJda o'zgarish: Neymar o'rniga Veynaldum tushirildi.

81. PSJ to'pni maydon markazida saqlab turibji. Mehmonlar tempni pasaytirishyapti. 

78. "Marsel"da 2 ta almashtirish: Milik o'rniga Deng, Under o'rniga Jerson o'yinga qo'shildi.

76. Dimitri Payet burchak to'pini amalga oshirdi. Uning uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.

74. Parijliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil etishga urinishmoqda.

71. "Marsel"da 2 ta o'zgarish: Ronje o'rniga de la Fuente, Kamara o'rniga Guye o'yinni davom ettiradi. 

69. Tilo Kerer ichkariga pas uzatdi, ammo uning hech bir jamoadoshi to'pga ulgurmadi.

67. Kilian Mbappening zarbasi yo'liga himoyachilardan biri to'g'anoq bo'ldi.

65. Uuux! Valenten Ronjening bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. Taymdagi eng xavfli vaziyatlardan biri!

63. Payetning uzatmasidan keyin himoyachilar ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishga erishdilar.

61. PSJda almashtirish: Di Mariya o'rniga Kerer tushdi. 

59. Zarbaaa!  Payetning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

57. Dahshat!  Jarima to'pi belgilandi va Xakimiga qizil kartochka ko'rsatildi! 

56. VAR ishga tushdi. Vaziyat tekshirilmoqda. Bosh hakam VAR monitorini ko'rgani ketdi. 

54. Under Xakimi bilan to'nashuvdan so'ng jarima maydoni chizig'i ustida yiqildi. Hakam Under to'pni qo'li bilan o'ynaganini bildirdi.  

51. Kilian Mbappe to'pni qo'li bilan o'ynadi va hakam hushtagi chalingach, ajablandi. 

49. Underning xavfli ko'rinish hosil qilishi mumkin bo'lgan uzatmasi Markinos tomonidan bartaraf etildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. 

45+4. PSJda o'zgarish: jarohatlangan Verratti o'rniga Geye tushdi. 

45+2. Jengiz Under noqulay to'pni o'ziga bo'ysundirdi, ammo zarbada adashdi.

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.

43. Zarba! Lionel Messi hisobni ochishiga oz qoldi. To'p chap ustunning bir necha santimetr yonidan o'tib ketdi. 

41. Uuux!  Jengiz Under deyarli birga-bir holatda zarba berdi, Xakimi unga xalaqit qilishga ulgurdi. Yakunda bu vaziyatda ofsayd borligi malum qilindi. 

37. Lionel Messining kuchli ko'rinishdagi uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi.

35. Lionel Messi to'pni qabul qilib oldi va pastki burchakni nishonga oldi, biroq Lopes qiyinchilikka uchramadi.

32. Lirola himoyachilar tomonidan to'xtatildi, biroq mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi. Payetning uzatmasi kutilganidek chiqmadi.

30. Neymarning burchakdan oshirgan pasidan so'ng Mbappe noaniq zarba yo'lladi.  

28. Bahs tribunadagi tartibsizliklar tufayli to'xtatildi. 

26. Zarba! Di Mariyaning havolatib uzatgan pasidan keyin Messi bosh bilan zarba berdi, Lopes to'pni qaytardi. 

24. Uchrashuv jiddiy kurashlarga boy tarzda davom etmoqda. Muxlislarning "Velodrom"ni to'ldirib o'tirishlari esa futbolchilarga ham o'zgacha zavq bag'ishlamasdan qolmaydi. 

22. Obbo!  Yana ofsayd, yana VAR ishga tushdi. Bekor qilingan gollar bo'yicha hisob – 1:1. Davom etamiz. 

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Aradiush Milik chamasi 9 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba yo'llab, hisobni ochdi – 1:0!  

18. Ronje Mendeshga nisbatan ishlatgan qo'polligi tufayli sariq kartochka oldi. 

16. Gol inobatga olinmadi. VAR ofsayd yuzaga kelganini qayd etdi.

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Neymarning zarbasidan keyin Luan Peres o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi – 0:1! 

12. Messi chap qanotda bo'sh turgan di Mariyani topdi, sergak turgan Ronje unga imkoniyat bermadi.

Afsonaviy Terri Anri "Oranj Velodrom"da 

10. Anxel di Mariyaning ichkariga oshirgan to'pi o'zi o'ylaganidek jamoadoshlariga borib tushmadi. 

7. Ronje di Mariyadan to'pni olib qo'yib, oldinga o'tdi va Payetga pas uzatdi, francyalikning Milik tomon amalga oshirgan uzatmasi esa muvaffaqiyatsiz chiqib qoldi.

6. Pol Lirolaning ichkariga krossidan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi.

4. Nunu Mendeshga raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgach, jarima belgilandi. Payet ijrosidagi uzatmadan so'ng Milik bosh bilan zarba berdi, noaniq.

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика