"Lids" Bemford bilan shartnomani uzaytirmoqchi
10 fev 2021 23:08
Yangiliklar


"Lids" Bemford bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Lids Yunayted" rahbariyati joriy mavsum o'zini yorqin tomondan ko'rsatayotgan Patrik Bemfordni jamoa tarkibida saqlab qolmoqchi, deb yozdi "Football Insider".
Takidlanishicha, klub mutasaddilari tez orada 27 yoshli hujumchiga yangi shartnoma taklif qilishadi.
Bemford joriy mavsumda jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. U APL bahslarida 12 bor raqiblari darvozasiga yo'l topgan. Angliyalik forvard "Lids Yunayted" tarkibiga 2018 yilda "Midlsbro" klubidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar