"Lids" - "Aston Villa" uchrashuvida siz hech qachon ko'rmagan gol urildi yoxud ajoyib feyr-pley
28 apr 2019 22:43
Yangiliklar


"Lids" - "Aston Villa" uchrashuvida siz hech qachon ko'rmagan gol urildi yoxud ajoyib feyr-pley
Bugun Angliya CHempionship ligasi 45-turidan o'rin olgan "Lids" - "Aston Villa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida mehmonlar vakili maydon markazida yiqitildi. SHunga qaramay "Lids" futbolchilari o'yinni to'xtatishmadi va hujumga o'tib gol urishdi. Gol urilishi bilan "Aston Villa" futbolchilari gol muallifi Mateush Klixga tashlanib ketishdi. Bosh hakam Jon Terri boshchiligidagi jamoa vakili Anvar El Gaziga qizil kartochka ko'rsatdi. "Lids" ustozi Marseo Belsa o'z shogirdlariga qimirlamay turishlarini buyurdi va "Aston Villa" osongina hisobni tenglashtirdi. Faqatgina himoyachi Pontus Yansson buyruqqa quloq solmadi.
Quyida ushbu vaziyatni to'liq tomosha qiling.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar