"Leypcig" himoyachisi "Liverpul"ga o'tishga yaqin
25 may 2021 00:21
Yangiliklar
"Leypcig" himoyachisi "Liverpul"ga o'tishga yaqin
"Leypcig" himoyachisi Ibraima Konate "Liverpul"ga o'tadi.
"Goal" xabariga ko'ra, futbolchi yaqin vaqtlar ichida Mersisayd klubi tarkibiga borib qo'shiladi. Tomonlar aprel oyidayoq shartnoma shartlarini kelishib olishgandi. Unga ko'ra, futbolchi 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
21 yoshli francuz ushbu mavsumda "Leypcig" tarkibida 21 o'yinda maydonga tushdi va bir marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 mln evroga baholagandi.
Fikrlar