“Lex” muxlislari sabab 8ta o'yinni bo'sh tribunada o'tkazadi
21 may 2018 23:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/428870_original.jpg)
![](/upload/storage/428870_220.jpg)
“Lex” muxlislari sabab 8ta o'yinni bo'sh tribunada o'tkazadi
Ushbu klub yangi mavsumning sakkizta uy uchrashuvini muxlislarsiz, bo'm-bo'sh stadionda o'tkazishga mahkum qilindi. Federaciya tartib-intizom qo'mitasi bunday qarorga mamlakat chempionatining 30-turi doirasidagi “Lex” -“Legiya” (0:3) uchrashuvidan so'ng kelgan.
Poznan shahri klubi muxlislari hisob 0:2 bo'lib turgan bir paytda maydonga fayerlarni uloqtirishgan. Uchrashuv bosh hakami esa 77-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda o'yinni to'xtatishga majbur bo'lgan.
200 nafarga yaqin policiyachilar maydonga yugurib chiqqan muxlislarni joyiga qaytarishga uringan. Federaciya “Legiya”ning 3:0 hisobidagi g'alabasini taminlagan va jamoani Polsha chempioni deb elon qilgan. “Lex” Polsha chempionatida 5ta, Evropa Ligasi guruh bosqichida esa 3ta uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar