Levandovskidan qoyilmaqom natija
30 jan 2021 22:52
Yangiliklar


Levandovskidan qoyilmaqom natija
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 19-turi doirasidagi "Xoffenxaym"ga (4:1) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Bu 32 yoshli polshalik futbolchining Bundesligadagi 24-goli hisoblanadi. To'purarlar poygasida etakchilik qilayotgan Robertga 24 ta gol urish uchun 18 ta o'yin kifoya qilgan. 2-o'rindagi Andre Silvaning ("Ayntraxt") hisobida 16 ta gol bor.
Bundan tashqari, Levandovski "Xoffenxaym" bilan o'yinda Tomas Myullerning goliga hammualliflik qildi. Polsha terma jamoasi sardori joriy mavsumda o'z nomiga 6 ta assist yozdirib qo'yishni ham uddalagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar