Levandovski “Real”ga qarshi o'ynamoqchi
27 okt 2023 02:49
Yangiliklar
Levandovski “Real”ga qarshi o'ynamoqchi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "El Klasiko"da qatnashmoqchi.
Kataloniya jamoasi La Liganing 11-turida “Real”ni qabul qiladi. Uchrashuv 28 oktyabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona"ning polshalik hujumchisi to'pig'idan olgan jarohatidan hali to'liq forig' bo'lmaganiga qaramay, ushbu o'yinda maydonga tushadi.
Levandovskining ishtiroki bo'yicha yakuniy qaror ertangi mashg'ulotdan so'ng qabul qilinadi. Forvardda hech qanday muammo yuzaga kelmasa, Robert katta ehtimol bilan "El Klasiko" uchun tarkibga kiritiladi.
Polyak hujumchisi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlashi kutilmoqda va lozim topilganda, 15-20 daqiqa imkoniyat taqdim etilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar