Levandovski joriy mavsum klub va termadagi umumiy gollar bo'yicha etakchiga aylandi
16 fev 2020 21:55
Yangiliklar
Levandovski joriy mavsum klub va termadagi umumiy gollar bo'yicha etakchiga aylandi
Biroz oldin, Germaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan “Kyoln” – “Bavariya” bahsi yakunlandi va unda mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchishdi.
O'yinning 3-daqiqasidayoq myunxenliklar forvardi Robert Levandovski raqib darvozasini ishg'ol etdi va chempionatdagi gollari sonini 23taga etkazib, to'purarligini mustahkamladi. Eng yaqin taqibchisi Timo Verner hisobida esa 20ta to'p mavjud.
SHuningdek, u 2019/20 yilgi mavsum klub hamda terma jamoada urilgan gollarini 40taga (Bavariya 35, Polsha 5) tenglashtirib, bunday natijaga erishgan ushbu mavsumdagi ilk futbolchiga aylandi.
Fikrlar