Levandovski Germaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar-legionerga aylandi
09 mar 2019 22:20
Yangiliklar


Levandovski Germaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar-legionerga aylandi
Germaniya bundesligasining 25 turida “Volfsburg” darvozasiga dubl qayd etgan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purar-legionerga aylandi.
30 yoshli polshalik futbolchi Germaniya chempionatida 197ta gol urib, “Verder” forvardi Klaudio Pisarroni ortda qoldirdi. Avvalgi rekord sohibi Pisarro hisobida 195ta gol bor edi.
SHuningdek, Levandovski Bundesliganing joriy mavsumdagi to'purarlari jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Uning hisobida 24ta uchrashuvdan so'ng, 17ta gol bor. Undan keyingi pog'onada esa ”Ayntraxt” azosi Luka Yovich joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar