Levandovski ECHLda uchta turli jamoa safida xet-trik amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi
08 sen 2022 07:57
Yangiliklar


Levandovski ECHLda uchta turli jamoa safida xet-trik amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski CHempionlar ligasida uchta jamoa safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi.
U "Barselona" safida ECHLdagi 1-tur uchrashuvida "Viktoriya Plzen" jamoasiga uchta gol urdi. Jamoa esa 5:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Bungacha u CHempionlar ligasida "Borussiya" (1 marta) va "Bavariya" (4 marta) safida xet-trikka erishgan edi. Endi esa u yangi jamoasi "Barselona"da ham bitta uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar