Levandovski ECHL to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinni mustahkamladi
08 sen 2022 08:57
Yangiliklar


Levandovski ECHL to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinni mustahkamladi
"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski CHempionlar ligasi tarixidagi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni mustahkamlab oldi.
Kecha "Viktoriya Plzen" bilan o'yindagi (5:1) xet-trikdan so'ng Levaning ECHLdagi gollari soni 89 taga etdi. U "Real" futbolchisi Karim Benzemadan (86) oshib ketdi.
Bu borada ikkinchi o'rinni 125 ta gol bilan Lionel Messi egallab turibdi. Krishtianu Ronaldu esa 140 ta gol bilan rekordchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar