Levandovski "Bavariya"dan ketishga tayyor
11 iyu 2021 15:41
Yangiliklar
Levandovski "Bavariya"dan ketishga tayyor
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski klubini o'zgartirishga tayyor.
Polshalik futbolchi o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi. 32 yoshli o'yinchi uchun davogarlar sifatida "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "CHelsi" va PSJ klublari ko'rilmoqda.
Levandovski o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol (8tasi penaltidan) va 7ta assist qayd etdi.
Hujumchining Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar