So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  2 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

Levandovski 9 daqiqa ichida 5ta gol urdi, oliy ligamizdagi futbolchilarchi? Yangiliklar

Levandovski 9 daqiqa ichida 5ta gol urdi, oliy ligamizdagi futbolchilarchi?

Robert Levandovski kecha "Volfsburg" darvozasiga 9 daqiqa ichida 5ta gol urdi.

Buni barcha bilib bo'lgani aniq. Yana shu haqda yozib joningizga tegmoqchi emasmiz. SHunchaki oliy ligamiz tarixiga nazar solib bir o'yinda 5ta gol urgan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

Furqat Esonboev


1992 yilgi mavsumda "Navro'z" klubi hujumchisi Furqat Esonboev "SHahrixonchi"ga qarshi o'yinda raqib darvozasiga 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. O'sha o'yin 7:0 hisobida Andijon klubi g'alabasi bilan tugagandi.

1996 yil "Traktor" vakili Dilshod O'rmonov Urganchning "Dinamo" klubi bilan uchrashuvda penta-trik qayd etgan. O'shanda "traktorsozlar" 6:1 hisobida zafar quchishgandi.

1997 yilda bir yo'la ikki futbolchi bir o'yinda 5ta gol urgan. "Do'stlik" hujumchisi Jafar Irismetov "Xorazm" bilan o'yinda (8:1) beshta to'p kiritgan. "Navbahor" vakili Oleg SHackix "Surxon" tor-mor etilishida (9:0) beshta goli bilan o'zining katta xissasini qo'shgan.


Ulug'bek Baqoev (chapda)


2000 yil "Buxoro" hujumchisi Ulug'bek Baqoev hozirga qadar saqlanib kelayotgan rekordni qayd etgan. Gap shundaki futbolchi "Temiryo'lchi"ga qarshi o'tgan o'yinda o'z hisobiga 6ta gol yozib qo'ygan. O'sha bahs 6:1 hisobida o'z yakuniga etgan. Oliy ligamiz tarixida boshqa hech qaysi futbolchi bir o'yinda geksa-trik qayd etmagan.

2001 yil hozirgi kunda "Orol"ni boshqarayotgan Nematulla Quttiboev "Paxtakor" safida "Semurg'"ni 5 bor ranjitgan. Uchrashuv Toshkent klubining 8:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan.

Nematulla Quttiboev


2002 yilda Navoiyning "Zarafshon" klubi tarkibida Alisher Xoliqov "So'g'diyona"ga qarshi bahsda 80 daqiqa ichida 5ta to'p kiritgandi.

2006 yil uch nafar futbolchi penta-trikka erishgan. "Neftchi" hujumchisi Nosir Otaqo'ziev "Xorazm" bilan bo'lgan o'yinda (8:2) 36 daqiqa ichida 5ta gol urgan.

"Dinamo" hujumchisi Hamdam Rahmonov "Andijon" bilan o'yinda 49 daqiqi ichida o'z hisobiga 5ta gol yozib qo'ygan - 6:1.

"Navbahor"ning turkmanistonlik legioneri Orif Mirzoev "Xorazm" bilan uchrashuvda 5ta gol urish uchun 79 daqiqa safrlagan. O'sha o'yinda Namangan klubi 10:0 hisobida zafar quchgandi.


SHundan buyon oliy ligamizda bir o'yinda 5ta gol uradigan mard topilmayapti. Quyida so'nggi yillarda 3ta va undan ko'p golni qisqa vaqt ichida urgan futbolchilar bilan tanishing:

2004 yilgi mavsumda "Paxtakor" safida o'ynagan Vladimir SHishelov "Surxon"ga qarshi kechgan bahsda 4 daqiqa ichida 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

2005 yilda "Paxtakor" hujumchisi Anvar Soliev "Lokomotiv" bilan bahsda 10 daqiqa ichida xet-trikka erishgandi. O'sha mavsumda "Neftchi" to'purari Anvar Berdiev "Buxoro" bilan o'yinda 11 daqiqa ichida 3ta gol urgandi.

2007 yil "Paxtakor"ning afrikalik hujumchisi Ixeruome Uche "Qizilqum" bilan o'yinda 5 daqiqa ichida 3ta gol urgan! O'sha o'yin "sherlar"ning 11:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi.

Rivaldo


O'sha yili "Neftchi" hujumchisi Nosir Otaqo'ziev "To'palang"ga qarshi uchrashuvda 3ta golni 7 daqiqa oralig'ida urgan.

2009 yilda braziliyalik Rivaldo "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda 18 daqiqa ichida to'rtta gol urgandi.

2013 yil "Lokomotiv" to'purari Farhod Tojiev 3ta gol urish uchun 13 daqiqa sarflagan. O'sha yil Zafar To'raev "Qizilqum" safida 14 daqiqa ichida "Guliston"ga 3ta to'p kiritgandi.

2014 yil "Bunyodkor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov 9 daqiqa ichida "Mashal" darvozasiga 3ta gol urgandi.

Sardor Rashidov



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика