"Paxtakor" – "Navbahor". O'zaro o'yinlar to'purarlari - Geynrix, Sergeev, Oleg Shackix va boshqalar

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026, 11:50
Titanlar jangida yana kimlar to'p kiritgan?

O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix va Igor Sergeev hisoblanadi. Bu ikki futbolchi jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan. Leonid Koshelev esa 7 to'p kiritgan. Shundan 3 tasini "Navbahor", 4 tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Dragan Cheran hisobida esa 7 gol yig'ilgan. "Paxtakor"dan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4 tadan gol urgan. "Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shackix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan. "Navbahor" safida Jamshid Iskanderov, Siyavash Haqnazariy ham 2 bor darvozani ishg'ol qilgan.

O'zaro o'yinlar to'purarlari:

9 - Aleksandr Geynrix, Igor Sergeev

7 - Leonid Koshelev, Dragan Cheran

4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev.

3 - Oleg Shackix.

2 - Vadim Kotelnikov

2 - Otabek Jo'raqo'ziev

2 - Siyavash Haqnazariy

2 - Jamshid Iskanderov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia