"Lester Siti" o'z safiga hujumchi qo'shib oldi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2018, 15:21
Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi "Lester Siti" safiga hujum qo'shildi.

Fransiyaning ikkinchi darajali ligasida qatnashadigan "Ayachcho" forvardi Fusseni Diabate faoliyatini "tulkilar" safida davom ettiradi. Bu haqda "Lester Siti" rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 4,5 yilga mo'ljallangan.

22 yoshli malilik joriy mavsum Fransiyaning ikkinchi darajali chempionatida 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia