"Lester" Lingardni kuzatmoqda
24 fev 2021 23:05
Yangiliklar


"Lester" Lingardni kuzatmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard "Lester" skautlari etiboriga tushdi, deb xabar beradi Eurosport.
"Tulkilar" "Vest Xem"da ijarada o'ynayotgan 28 yoshli ingliz futbolchisini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar uning o'yini klub bosh murabbiyi Brendan Rojersga yoqsa, ular yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olishga harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Lingard London klubiga yanvar oyida kelib qo'shilgan va "bolg'achilar" tarkibida 4 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. Uning hisobida 3 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.
Transfermarkt portali angliyalikni 10 million evroga baholayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar