"Lester" jamoaning 2 nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
05 mar 2020 23:58
Yangiliklar


"Lester" jamoaning 2 nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Meddison va Seyunchu jamoa safida uzoq muddatga qolishadi.
"Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, "Lester" tez orada yarim himoyachi Jeyms Meddison va himoyachi CHag'lar Seyunchu bilan shartnomani yangilaydi. "Tulkilar" har ikki futbolchining maoshini oshirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Meddison va Seyunchu bilan imzolangan amaldagi bitimlar 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi.
Avvalroq angliyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted", turkiyalik himoyachi uchun esa "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari davogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar