"Lester" Eduarga qiziqish bildirmoqda
24 jan 2021 12:05
Yangiliklar


"Lester" Eduarga qiziqish bildirmoqda
"Seltik" hujumchisi Odsonn Eduar faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Unga "Lester" rahbariyati qiziqib qolgan. "Tulkilar" 23 yoshli franciyalik futbolchini qishki transfer oynasi yopilishidan oldin sotib olishni rejalashtirmoqda.
Eduarning "Seltik" bilan amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin tugaydi, ammo u shotland jamoasi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas, deya xabar tarqatdi "talkSPORT". O'yinchining transferi 20 mln funtga baholamoqda.
Odsonn Eduar SHotlandiya chempionatining joriy mavsumida 15ta o'yin o'tkazib, 7 gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar