Leroy Sane: "Gvardiola har kuni shogirdlarini yaxshilashga harakat qiladi"
19 mar 2019 23:14
Yangiliklar


Leroy Sane: "Gvardiola har kuni shogirdlarini yaxshilashga harakat qiladi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane Xosep Gvardiolaning o'zi va jamoadoshlariga bo'lgan tasiri haqida so'zlab berdi.
"U menga sezilarli tasir o'tkaza oldi. O'z o'yinimga qo'sha olganim va hozirgi darajamga chiqganim uchun Pepga minnatdorchilik bildiraman. U har kuni bizni yaxshilashga intiladi, bu uning asosiy maqsadi. Biz har doim kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz.
Fikrimcha, APL ayni vaqtda Bundesligadan kuchliroq. Lekin, oradagi farq katta emas. Nemis futbolchilarining ko'rsatayotgan yuqori darajadagi o'yini gapimga misol bo'la oladi, bunda albatta Germaniya chempionati ishtirokchilarining ham o'rni bor", - deya Sanening so'zlarini keltiradi Goal nashri.
Malumot uchun, 22 yoshli germaniyalik barcha musobaqalarda "Manchester Siti" sharafini 38 uchrashuvda himoya qilib, o'z hisobiga 14 ta gol va 17 ta assist yozdirib qo'yishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar