So’nggi yangiliklar

20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  0 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  8 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  72 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  7

Leonid Senkevich: "Futbolchilarim futbol o'ynashni istashmayapti" Yangiliklar

Leonid Senkevich: "Futbolchilarim futbol o'ynashni istashmayapti"

O'zbekiston Pro-ligasi 8-turi doirasida "Nurafshon" - "Lokomotiv-BFK" (5:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Leonid Senkevich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yirik hisobda imkoniyatni boy berdik. O'tkazilgan barcha 5 golda o'z futbolchilarimni ayblayman. Negadir ular futbol o'ynashni istashmayapti. Vaholanki klub rahbariyati futbolchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Klubda moliyaviy tomondan muammolar yo'q. Uy uchrashuvlarini TTYMI stadionida qabul qilyapmiz. Futbolchilarga bundan ortiq yana nima kerak? Yordamchi murabbiylarim mashg'ulotlarni bugungi kun talabi darajasida olib borishmoqda. Bugungi mag'lubiyatdan keyin shunday mashg'ulotlarni o'tkazayotgan murabbiylarga achindim.

2016 yili Ispaniyada 1 oy davomida amaliyot o'tkazdim. Demoqchimanki, mashg'ulotlarni o'sha erda ko'rgan tartibim bo'yicha o'tkazib, ish uslubimga boshqacharoq tarzda yondashyapman. Futbolchilar esa murabbiylar mehnatini qadrlasin va o'z kasbiga hamda futbol maydoniga hurmat bilan qarasin.

Futbolda bir gap bor. Jamoa yutqazsa murabbiy aybdor bo'ladi", - dedi Senkevich.

Nematjon Ahmedov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика