

"7 haftadan beri shug'ullanmoqdamiz va bu orada 4 ta rasmiy o'yin o'tkazishga ham ulgurdik. Bugun maydonga bir qancha asosiy futbolchilarimiz tusha olmaydilar. Shu sababli, ushbu muammoning echimini topishimiz zarur. Qo'l ostimdagi futbolchilarning imkoniyatlaridan maksimum ravishda foydalanib, kerakli natijani qayd etib olishimiz lozim. O'tgan mavsumdan so'ng raqiblar bizga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo'lishdi", - deydi Jardim.
Eslatib o'tamiz, "Monako" o'tgan yili Chempionlar Ligasining chorak finaligacha yetib borib "Yuventus"ga yutqazib qo'ygandi.



