Lempard Zieshning "CHelsi"ga o'tganiga izoh bildirdi
14 fev 2020 18:21
Yangiliklar


Lempard Zieshning "CHelsi"ga o'tganiga izoh bildirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoaning yangi o'yinchisi Hakim Ziesh haqida fikr bildirdi.
"Men uni ilk bor CHempionlar Ligasida "Ayaks" tarkibida ko'rgandim. U ayniqsa "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildi. Joriy mavsum u bilan ikki marta o'ynadik va shu sabab u haqida etarlicha malumot oldim. Hakim chap oyoqda ajoyib o'ynay oladi, qanotda o'ynashdan tashqari hujumchi ortida ham harakat qila oladi.
U pas berishdan tashqari gollar ura oladi. Bilaman, u hozir bizning tarkibimizga kelib qo'shilmaydi, ammo muxlislar uning kelishini intiqlik bilan kutishmoqda", - deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar