Lempard “Siti”dan mehmonda ochko olingani haqida: “Bu durang alohida ahamiyatga ega”
01 jan 2023 09:20
Yangiliklar
Lempard “Siti”dan mehmonda ochko olingani haqida: “Bu durang alohida ahamiyatga ega”
APL 18-turida “Man Siti” bilan safardagi durang (1:1)dan keyin “Everton” ustozi Frenk Lempard o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Manchester Sitiga qarshi o'ynaganingizda, nimani kutish kerakligini oldindan bilasiz. Ularni juda xush ko'ruvchi maydonning ochiq qismlaridan mahrum qilishga harakat qildik. O'ylashimcha, buni yaxshi uddaladik, himoyada juda ko'p yorqin daqiqalarni o'tkaza oldi. “Siti” maydonidagi bu durang alohida ahamiyatga ega, biroz omad ham keldi, bu esa Manchesterda hech qachon ortiqchalik qilmaydi”, degan Lempard.
“Everton” hozirda APL jadvalida 15 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
18:13
Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi 4
Fikrlar