Lempard "Nyu-York Siti" futbolchisimi yoki "Manchester Siti"?
03 jan 2015 16:49
Yangiliklar


Lempard "Nyu-York Siti" futbolchisimi yoki "Manchester Siti"?
Amerika futbol saytlaridan biri Empire Of Soccer Frenk Lempardning "Manchester Siti"da qolganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
Sayt jurnalistlaridan biri Deyv Martinesning so'zlariga ko'ra angliyalik futbolchi "Nyu-York Siti" bilan shartnoma imzolamagan. U "CHelsi"dan ketganidan so'ng darhol "Manchester Siti" futbolchisiga aylangan.
SHuningdek, The Guardian hodimi Jeymi Jeksonning aytishicha, Lempard "shaharliklar" safida ijara asosida o'ynamayapti. U to'lig'icha klub futbolchisi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnomaga binoan Frenk "Siti" safida to'p tepmoqda.

Fikrlar