Lempard: "Barselona" etakchi, ammo "Manchester Siti" bor kuchini ishga soladi"
18 mar 2015 14:16
Yangiliklar


Lempard: "Barselona" etakchi, ammo "Manchester Siti" bor kuchini ishga soladi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempardning hisoblashicha, uning jamoasi "Barselona"ga qarshi UEFA CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida keyingi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qila oladi.
"Barselona" etakchi. Ammo biz chorak finalga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Agar 1:3 yoki 1:4 hisobida mag'lub bo'lganimizda, hammasi boshqacha bo'lar edi. To'g'ri, "Barselona" mehmondagi g'alabasi tufayli ustunlikka ega, lekin bizda ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor" - deydi Lempard.

Fikrlar