Lempard: "Anchelotti har qanday yuqori saviyadagi klubda ish topishi mumkin"
11 dek 2019 13:54
Yangiliklar


Lempard: "Anchelotti har qanday yuqori saviyadagi klubda ish topishi mumkin"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Karlo Anchelottining "Napoli" bosh murabbiyligidan chetlatilishi haqida gapirdi.
"Men Anchelottini juda hurmat qilaman va bunday bo'lganidan juda afsusdaman. Men uning intervyusini o'yin oldidan ko'rdim va so'nggi paytlarda klubda unga qiyin bo'lganligi sezildi, ammo u o'zini nazorat qilib tura oldi. Menimcha, Karlo har qanday yuqori saviyadagi klubda ish topa oladi. Bu aniq", - deydi Lempard.
Italiyalik mutaxassis "Napoli"ga 2018 yil may oyida kelgandi. Uning klub bilan shartnomasi uch yilga mo'ljallangan edi.
Avvalroq, "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo neapolliklar klubi bilan oldindan shartnoma imzolagani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar