Lemanning fikricha, Evro-2008 finalida hakam Ispaniya terma jamoasiga yon bosgan
16 iyu 2016 14:27
Yangiliklar
Lemanning fikricha, Evro-2008 finalida hakam Ispaniya terma jamoasiga yon bosgan
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni va Evro-2008 final bahsi ishtirokchisi Yens Lemanning fikricha, o'sha uchrashuvdagi hakam Roberto Rozetti bundesmanshaftning mag'lubiyatiga hissa qo'shgan.
"Fernando Torres Xavidan ajoyib pas qabul qildi va gol urdi. Men to'pga deyarli tekkan edim, ammo jamoani qutqara olmadim. To'p ustunga tegadi deb o'ylagandim. Keyin imkoniyatlardan foydalana olmadik. O'sha uchrashuvda hakam biz tomonda bo'lmagan. U jamoadoshimning boshiga zarba bergan ispaniyalikni chetlatishi kerak edi. Keyin so'nggi daqiqalarda ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. Futbolchilarimiz raqib jarima maydonchasiga kirishdi, hakam esa ularning harakatlarida qo'pollikni aniqladi. Aslida hech narsa yo'q edi, buni unutmayman" - deydi Lemann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar