

"Fernando Torres Xavidan ajoyib pas qabul qildi va gol urdi. Men to'pga deyarli tekkan edim, ammo jamoani qutqara olmadim. To'p ustunga tegadi deb o'ylagandim. Keyin imkoniyatlardan foydalana olmadik. O'sha uchrashuvda hakam biz tomonda bo'lmagan. U jamoadoshimning boshiga zarba bergan ispaniyalikni chetlatishi kerak edi. Keyin so'nggi daqiqalarda ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. Futbolchilarimiz raqib jarima maydonchasiga kirishdi, hakam esa ularning harakatlarida qo'pollikni aniqladi. Aslida hech narsa yo'q edi, buni unutmayman" - deydi Lemann.



