Legionerlar: Asror G'ofurov gol urdi
04 apr 2022 00:05
Yangiliklar


Legionerlar: Asror G'ofurov gol urdi
Bangladesh Premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan "Saif Sporting" va "Baridhara" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
Kichik o'zbek derbisida mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Etiborlisi shundaki, gollardan birini Asror G'ofurov urdi. U 45+1-daqiqada mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Qolaversa, birinchi golga assist vazifasini ham bajardi.
Mehmonlar safida o'ynagan hamyurtimiz Evgeniy Kochnev esa 87-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Bangladesh Premer-ligasi. 10-tur
"Saif" – "Baridhara" 3:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar