So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Legionerlar: Ahmedov va Musaev jamoalari g'alaba qozondi Yangiliklar

Legionerlar: Ahmedov va Musaev jamoalari g'alaba qozondi

Dam olish kunlarida xorijda faoliyat olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasining bir necha azolari mamlakat chempionatlari doirasidagi navbatdagi tur o'yinlarida ishtirok etishdi.

Rossiya

Rossiya chempionati 5-tur o'yinlari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan “Krasnodar” jamoasi “Zenit” maydoniga safar qilib, 3 ochko bilan qaytdi. 0:2 hisobi bilan yakunlangan o'yinda Sigurdson (26-daq.) hamda Laborde (50-daq.) gollarga mualliflik qilgan. Bu gollar “Krasnodar”ga o'z tarixidagi “Zenit” ustidan qozonilgan ilk g'alabasini taminladi.

Odil Ahmedov esa ushbu uchrashuvda 61-daqiqadan boshlab harakat qilgan. U ikkinchi gol muallifi Labordeni almashtirdi.

Vitaliy Denisov to'p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi esa ushbu turda Grozniyning “Terek” klubiga qarshi o'ynab, durang natija qayd etdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochko bilan kifoyalanishlariga to'g'ri keldi. Denisov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, uchrashuv so'nggiga qadar o'ynadi.

Ukraina

Ukraina chempionatidagi O'zbekiston terma jamoasining yagona vakili Sanjar Tursunovning “Vorskala” jamoasi chempionatning 5-turida “Metallurg” maydoniga safar qilib, 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi bu o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Eron

Eron chempionatida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ushbu tur doirasida O'zbekiston terma jamoasining yana bir azosi Fozil Fusaev to'p uradigan “Sepahon” klubi o'z maydonida “Persepolis”ni qabul qilib, 4:2 hisobida mag'lub etdi. Fozil zaxiradan 59-daqiqada maydonga tushdi.

Xitoy

Xitoy chempionatida 23-tur o'yinlari o'tkazildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilovning “CHangchun Yatay” jamoasi bu turda o'z maydonida “Tinajin Teda” jamaosini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ismoilov o'yinni to'liq o'tkazganini takidlash joiz.

SHuningdek, Janubiy Koreya chempionatida ham navbatdagi tur o'yinlari o'tkazilgan, O'zbekiston terma jamoasi azosi Server Jeparov faoliyatini davom etttirayotgan “Ulsan” klubi “Busan”ga qarshi o'ynab, 2:2 hisobida durang qayd etgan bo'lsa-da, ushbu o'yinda Server ishtirok etmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика