So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

"Legioner muxlis". Uchinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". Uchinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida navbatdagi "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing. 

Babaxanov Sobitxon – Rossiya, Moskva
Men Namanganda tug'ilganman. Bir necha yıllardan beri Moskvada ishlayman. Moskvada poytaxt klublari o'yinlariga ko'p tushub turaman.



Rozaliev Umidjon – Janubiy Koreya
Men Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidanman. Hozir Janubiy Koreya davlatida ishlayapan. “Neftchi” hamda “Real Madrid” klublariga qiziqaman.



Abdulaziz Atabaev – Ukraina
Bu meni akam. Ayni paytda Ukrainada tahsil olayapti. Yaqinda tug'ilgan kunlari bo'ladi. Legioner muxlisda chiqsalar xursand bo'ladilar. 



Boboev Asilbek – Xitoy, SHanxay
Hamma futbol muxlislariga alangali salom. Men Sirdaryo viloyati Guliston shahridanman. Hozirda Xitoyning SHanxay shahrida istiqomat qilaman. Futbolning ashaddiy muxlisiman. Yoqtirgan futbol klubim - Angliyaning “Liverpul” futbol klubi. Xitoyda tez-tez futbol o'yinlariga tushib turaman. Oxirgi marta tomosha qilgan o'yinim “SHanxay SHenxua” – “SHanxay SIPG”. Afsus bu o'yinga Odil Ahmedov tashrif buyurmadi.



Davlatbek Xolmatov – Rossiya, Vladivostok
Men asli Marg'ilondanman. Hozirda Rossiyaning Vladivostok shahrida tahsil olaman. “Real Madrid”, “Neftchi”, Xorvatiya va O'zbekiston terma jamoalariga muxlislik qilaman. Xudo xohlasa albatta biz 2018 yilgi Jahon chempionatiga chiqamiz. SHu bilan birga sizlarni ham ishlarizga rivoj tilayman. Olg'a O'zbekistonim.



Kamil – Rossiya, Krasnoyarsk
1989 yilda Bekobodda tug'ilganman. Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashayman. Hozircha Bekoboddaman. 2002 yildan buyon “Barselona”ning ashaddiy muxlisiman. O'zbek klublariga qiziqmayman. O'zbekistonga Eron bilan o'yinda omad. Faxriy o'quvchi Odil aka SHaripovga salom. Krasnoyarskning “Enisey Metallurg” jamoasi stadioni. Taqdir bu erning jamoasi ham “Metallurg” deb nomlanadi.



Feruz – Rossiya, Bryansk
Hammaga salom! Men “Buxoro”dan Feruz. “Real Madrid” va “Buxoro”ning ashaddiy muxlisiman. Rossiyaning Bryansk viloyatida yashayman. Sevimli jamoamni qo'llab-quvvatlayman. Qalbimdasan “Buxoro”!



SHamatov Dilmurod – Turkiya, Istanbul
Salom men Farg'ona viloyatidan hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilaman. Men yoshligimdan “Barselona” klubining ashaddiy muxlisiman. Hozirda Messi jahonda tengsiz bo'lsada lekin futbol tarixida Ronaldino o'chmas iz qoldirdi deb o'ylayman.



Navro'z – Belarus, Minsk
Mening ismim Navro'z. Hozirda Belarus poytaxti Minsk shahrida yashayman. “CHelsi”ga muxlislik qilaman.



Yuldashev Umidillo – CHexiya, Praga
Men ayni paytda Pragada ishlayman. “Barselona” va “Andijon” klublari muxlisiman hamma futbol muxlislariga sog'-salomatlik tilayman, ishlariga omad.



"Legioner muxlis". Birinchi son

"Legioner muxlis". Ikkinchi son


Agar siz ham ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz albatta sizning ham rasmingiz chop etiladi. "Legioner muxlis" o'z faoliyatini davom ettiraveradi va boshqa muxlislarimizdan ham rasmlar kutib qolamiz.

"Legioner muxlis" ruknida ishtirok etish shartlar quyidagilar:

1. Xorijda istiqomat qilish

2. O'sha shaharda selfi tushish (imkon bo'lsa stadionda) va o'zi haqida malumotni telegramda https://t.me/CA_admin ga yuborish kerak.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика